“KALIBR”
UZOQ MASOFALARGA
O‘Q OTISH KLUBI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAASIGA KO‘MAKLASHUVCHI “VATANPARVAR” TASHKILOTI QOSHIDAGI “KALIBR” UZOQ MASOFALARGA O‘Q OTISH KLUBI

Biz haqimizda

“Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubi 2023-yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan ta’sis etilgan.

Kalibr klubi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, klubning asosiy maqsadi ov va uzoq masofalarga o‘q otish sporti havaskorlari, O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi bilan hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish hamda respublika hududida uzoq masofalarga o‘q otishni ommalashtirish hisoblanadi.

Ushbu klubning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, jismoniy tarbiya va sport subyektlari bilan uzoq masofalarga o‘q otishni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda ishlarni olib borish hisoblanadi.

“Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubi Nizomiga muvofiq, ushbu klubga faqatgina O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga a’zo bo‘lgan (qurol olib yurishga haqli) fuqarolar qabul qilinadi.

Birlashma niqoblanish, joyga moslashish, oriyentirlanish, qiyin sharoitlarda yashovchanlik borasidagi o‘z tajriba va ko‘nikmalarini harbiy xizmatchilarga o‘rgatish bo‘yicha mahorat darslari o‘tib borishi belgilangan.

Shu bilan birga, klub a’zolari va harbiy xizmatchilar ishtirokida qiyin sharoitlarga moslashgan holda uzoq masofalarga o‘q otish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.

Nizomni yuklash

Yangiliklar

A’ZOLAR VA POLIGONLAR SONI

Poligonlar

Ko'rish

A’zolar

0

Online TIR

Online TIR natijalari

0

0

0

FAQ

“Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubining markaziy apparati qayerda joylashgan?
“Kalibr” klubiga istalgan fuqaro a’zo bo‘lishi mumkinmi?
Klubga a’zo bo‘lish tartibi qanday?
“Kalibr” klubiga a’zo bo‘lish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?
“Kalibr” klubi a’zolari a’zolik badali to‘laydilarmi?
“Kalibr” klubi a’zolari qaerda mashg‘ulot o‘taydilar?
“Kalibr” klubi tadbirlari davomida tabiatga ziyon yetishi mumkinmi?
“Kalibr” uzoq masofalarga o‘q otish klubining markaziy apparati O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida joylashgan bo‘lib, ushbu Markaz bosh direktori “Kalibr” klubining rahbari hisoblanadi. “Kalibr” klubi a’zolari respublika bo‘ylab faoliyat yuritadi.



Poligonlar

RESPUBLIKA TEXNIK VA AMALIY SPORT TURLARI MARKAZI